Abu Tolib Makkiy

Abu Tolib Makkiy – to’liq ismi Abu Tolib Muhammad ibn Ali ibn Atiyya Makkiy Ajamiy [?-996 (hijriy 386), Bag’od] faqih, olim va voiz. Eronning g’arbidagi Jabal o’lkasida tug’ilgan. Uzoq yillar Makkada yashagani uchun unga Makkiy nisbasi berilgan. Tasavvuf ilmini yaxshi bilganligi bois tasavvuf namoyandalari bilan shariat tarafdorlari o’rtasidagi tortishuvlarda ikki tomonni birlashtirishga harakat qilgan. Uning “Qutb ul-qulub” (“Qalblar qutbi”), “Manosik ul-haj”, (“Haj amallari”), “Musnad ul-alif” (“Alif musnadi”), “Bayon ush-Shofiiy”(“Shofiyning bayoni”), “Mushkil ur-rabi’ il-Qur’on” (“Qur’ondagi mushkul oyatlar”) nomli asari ma’lum. Umrining oxirgi yillarini Bag’dodda voizlik bilan o’tkazgan.