Abu Ubayda ibn Jarroh

Abu Ubayda ibn Jarroh – [?-639, Urdun (Iordaniya)] sahoba. Asharai Mubashsharalardan. Kurays qabilasining Banu Fixr urug’idan. Habasistonga, keyin Madinaga hijrat qilgan. Muhammad (s.a.v) bilan hamma yurishlarda qatnashgan. Islom tarixida shijoatli va o’ta jasur mujohid, buyuk sarkarda, odil inson sifatida tanilgan. Otasi esa Badr jangida makkalik mushriklarga qo’shilib, musulmon qo’shinlariga qarshi kurashgan va o’g’li Abu Ubayda ibn Jarrohni o’ldirish niyatida doimo uni ta’qib etgan. Abu Bakr Siddiq (r.a.) xalifaligi davrida Abu Ubayda ibn Jarroh Shom (Suriya) fathi uchun yuborilgan. 639 yilda Shomda o’lat (touni Amavos) tarqalgan. Kasallik Falastindagi Amavos qishlog’idan chiqqan bo’lib, bir oy ichida yigirma ming musulmon vafot etgan. Abu Ubayda ibn Jarroh ham shu kasallik qurboni bo’lgan. Qabri Shariat daryosining g’arb tomoni, Amyo qishlog’ida. Umar (r.a.) o’zidan keyin xalifalikka Abu Ubayda ibn Jarrohni munosib nomzodlardan biri deb bilgan.