Abu Zarr

Abu Zarr – to’liq ismi Jundub ibn Junoda ibn Sufyon ibn Ubayd al-G’iforiy [?-653 (boshqa ma’lumotlarga ko’ra 652 yil iyul o’rtasi) (hijriy 53), Madina] sahobalarning ulug’laridan. G’ifor qabilasidan. Islomni birinchilardan bo’lib qabul qilgan zotlardan biri. Xalifalikda Ali (k.v.) avlodlari hukmron bo’lishi kerak degan g’oyani ilgari surgan. Bu g’oyalar shialikdagi imomlik ta’limotiga asos bo’lga. Abu Zarr taqvosi va sodda hayot tarsi bilan mashhur bo’lgan. Muhammad (s.a.v.) vafotidan so’ng Shom sahrosida, Usmon (r.a.) xalifaligi davrida Damashqda yashagan. Uning huzuriga ko’plab kambag’al va bechoralar kelib turgan. Abu Zarr ularga Muhammad (s.a.v.)ning shariatga itoat qilmaydigan, ziqna boylarni mazammat (ta’na, malomat qiladigan hadislarini rivoyat qilib bergan. Kambag’allarning boylar mulkida haqlari borligini targ’ib qilgan. Muoviya I ning shikoyati asosida Usmon (r.a.) uni Madinaga chaqirtirib olgan. Lekin kambag’allarni boylarga qarshi qo’zg’atgani uchun Rabaza qishlog’iga jo’natilgan va shu yerda vafot etgan. 281 hadis rivoyat qilgan.