ADINAMIYA
ADINAMIYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va dinamia — quvvatsizlik) — holsizlik, tinka-mador qurishi. Adinamiya asosan, ochlik, og’ir yuqumli yoki uzoq davom etgan holdan toydiruvchi kasalliklar, tanada oziq moddalar va buyrak usti bezi po’st kavati gormonlari yetishmasligi, o’pka, yurak, shuningdek qon yaratuvchi a’zolar ishining buzilishi va boshqa kasalliklar natijasida sodir bo’ladi.