AEROIONIZATORLAR
AEROIONIZATORLAR – havoni sun’iy ravishda ionlash, ya’ni unda juda ko’p musbat yoki manfiy atmosfera ionlari (aeroionlar) hosil qilish uchun ishlatiladigan apparatlar. Aeroionizatorlar yurak-qon tomir kasalliklarida, asab xastaligida, nafas yo’llari va o’pka yallig’langanda asosan manfiy aeroionlar bilan davolashda qo’llaniladi.