Aerosyomka

Aerosyomka, aerofotosyomka- samolyotda joyning yuqoridan fotosuratini olish va shu fotosuratlar vositasida joyning plani va topografik xaritasini tuzish. Aerosyomka joyning ba’zi tafsilotlarini yoki inshootlarning fotosuratlarini olib, songra tayyor xaritaga tushirish uchun ham qollaniladi (aerofotorekognossirovka). Ba’zan aerosyomkaning vazifasi faqat joyning tutgan orni chegaralarini aniqlash bilan cheklanadi (yozuvsiz aerosyomka); ba’zan topografik olchashlar natijasida olingan relyef haqidagi ma’lumotlar aerosyomka yordamida olingan xaritalarga tushiriladi (murakkab – kombinatsiyalangan aerosyomka) Aerosyomka vositasida xarita tuzib, fotogrammetrik olchashlar natijasida relyefni shu xaritalarga tushirish ham mumkin (fotogrammetriya). Uchish, fotosurat olish va tayyor fotosuratlarni olchash natijasida joyning plani – xaritasi tuziladi. Aerosyomka topografik xaritalar tuzishda, geologiya, tuproqshunoslik tadqiqotlarida, ormonchilik va yer tuzish ishlarida, yol va gidrotexnik inshootlar qurish, harbiy ish va boshqalarda qo`llaniladi.