AKADEMIK NASHR

AKADEMIK NASHR – fan, adabiyot va san’at asarlarining ilmiy asosda tayyorlangan nashri. Asosan mutaxassislar va ilm ahliga mo’ljallanadi, ilmiy tadqiqot maqsadini ko’zda tutadi. Akademik nashr ijodkorning butun merosini to’liq qamrab olishi, asarlarining ilmiy o’rganilgan matni bilan birga turli jihatlarini ham o’z ichiga olishi, ilmiy qayd, izoh va sharxlarga ega bo’lishi bilan boshqa nashrlardan farqlanadi. Masalan, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi «fan» nashriyotida nashr etilgan Oybek asarlarining 20 jildligi, H. Olimjon asarlarining 10 jildligi Akademik nashr hisoblanadi.