AKKUMULYATORLAR BATAREYASI
AKKUMULYATORLAR BATAREYASI, elektr akkumulyatorlar batareyasi — kuchlanish, tok kuchi, elektr zaryadi yoki quvvat olish uchun elektrik tutashtirilgan bir turdagi akkumulyatorlar guruhi. Akkumulyatorlar parallel ulanganda Akkumlyatorlar batareyasidagi kuchlanish har qaysi element kuchlanishiga, umumiy elektr zaryad esa alohida akkumulyatorlarning elektr zaryadlari yig’indisiga teng bo’ladi. Ketmaket ulanganda EYUK lar qo’shiladi. Elektr zaryadi va kuchlanishni kuchaytirish uchun akkumulyatorlar aralash (ham ketma-ket, ham parallel) ulanadi. Bunday Akkumlyatorlar batareyasi doimiy tok manbai hisoblanadi.