AKUSTIK QARSHILIK

AKUSTIK QARSHILIK, akustik impedans —akustik tizimlar tebranishlarini o’rganish maqsadida kiritiluvchi kompleks qarshilik. Akustik qarshilik tovush bosimining zarra (qaytaruvchi sirtga tik yo’nalishda harakatlanayotgan zarra) tezligiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu fizik kattalik elektrotexnikada uchraydigan impedans (to’la qarshilik) tushunchasi kabi aktiv Ra va reaktiv XP Akustik qarshilik umumiy yigindisidan iborat. Tizimdagi ishkalanishlar va atrofga nurlanadigan akustik energiya tufayli aktiv akustik karshilik, inersiya kuchlari (massalar) yoki elastik kuchlar reaktsiyasi ta’sirida reaktiv Akustik qarshilik hosil bo’ladi.