ALFA (A)-ZARRALAR

ALFA (A)-ZARRALAR – ba’zi bir radioaktiv elementlar chiqaradigan geliy atomlarining yadrolari. Geliy atomining yadrosi ikkita proton va ikkita neytrondan iborat. Bu zarralar radioaktiv elementlar yemirilganida ajralib chiqadi, ayni vaqtda energiya ham ajraladi. Alfa (a)-zarralar biror modda orqali o’tganida modda atomlarini ionlashtirib, o’z energiyasi kamayadi.