Alog’-chalog’ nima?
Siz, ko’pincha kechasi yomon uxlagan odam: «tun bo’yi alog’-chalog’ narsalar tushimga kirdi», deb aytganini eshitgansiz. Xo’sh, alog’-chalogning o’zi nima? Aksariyat Yevropa tillarida «koshmar» deb yuritiladigan bu so’zning o’zi fransuzcha cauchemar borib taqaladi va go’yoki tunlari uchib kelib uyqudagi odamlarga qo’nadigan, ularda bosriqish va qo’rqinchli tushlar ko’rishni qo’zg’atadigan yovuz ruhni anglatadi. Endilikda shifokorlar tungi alog’-chalog’ning paydo bo’lishini turli-tuman sabablar: yaqindagina boshdan o’tkazilgan qattiq hayajonlanish bilan, noxush sezimlarni qo’zgatuvchi qandaydir xastalik mavjudligi bilan yoki o’ta hissiyotlilik bilan izohlaydilar. Ammo qadim zamonlarda yovuz ruhning qilmishlarini alog’ chalog’ sababi deb bilishgan, darvoqe Osiyo va Yevropaning deyarli barcha xalqlari uning mavjud ekaniga e’timodli bo’lishgan. Alog’-chalog’ bora-bora zulumot ruhidan odamzotni hamisha ta’qib etib yuruvchi noxushlikliklarning timsoliga aylandi. Ulardan xalos bo’lish yoki hech bo’lmaganda saqlanish uchun bu ruhni iziga, zulumot olamiga haydab yuborish kerak edi. Aynan shuning uchun ham slavyan xalqlarida Marni — alog’-chalog’ni sochlari to’zg’igan va qo’llari uzun ayol qiyofasida tasavvur etilgan bir xilini gulxanda yondirish marosimi keng tarqalgan edi. Ivan Kupala kuniga o’tar kechasi Mar tasqarasini gulxanda yondirishar, kulini esa suvga tashlashar edi. Rus tilida juda ko’p qo’llanadigan «koshmar» so’zining ana shunaqangi qadimiy ildizlari bor ekan.