Amaliy san’at
Amaliy san’at – xalq ijodiyotining muhim sohasi. Kundalik turmushda keng qo’llaniladigan uy-ro’zg’or va boshqa buyumlarni shakl va badiiy jihatdan san’at darajasida, yuksak mahurat bilan yaratilishi. Amaliy san’atning turli sohalari (naqqoshlik, o’ymakorlik, ganchkorlik va hokazo), me’morlik bilan chambarchas bog’liq ravishda rivojlangan. Xususan, ro’zg’or asboblari, uy-joy jihozlari orasida badiiy yetuk san’at namunalarini uchratish mumkin.