«AMORG VA SPARETRA»

«AMORG VA SPARETRA» – Shakpardagi vatanparvarlik va qahramonlik qissasi. Taxminan miloddan avvalgi 6-asr o’rtalarida yaratilgan. Shaklar shohi Amorg va uning rafiqasi Sparetra sarguzashtlari hikoya qilinadi. Eron hukmdori kir shaklar eliga bostirib kirib, Amorgni asir oladi. Bundan xabar topgan Sparetra barcha shaklarni qo’l ostiga birlashtiradi. Uning qo’shinida uch ming erkak va ko’plab jangovar ayollar ham bo’lgan. Sparetra qo’shini jangda kir lashkarlarini yenggach, asirlar ayirbosh qilinadi va Amorg tutqunlikdan ozod etiladi. Qissa ezgulikning g’alabasi, yovuzlikning mahv etilishi bilan yakunlangan. Unda qaqramonlik g’oyasi muhabbat va sadoqat g’oyalari bilan chatishib ketgan. «Amorg va Sparetra»ning syujeti va ohangi ertak va dostonlarnikiga o’xshash bo’lsada, mazmuni tarixiy voqealar asosida qurilgan. «Amorg va Sparetra»ning mazmuni yunon tarixchilari Ktesiy va boshqalarning asarlari orqali bizgacha yetib kelgan.