AMPLITRON

AMPLITRON (inglizcha amplifier – kuchaytirgich va … tron) — o’ta yuqori chastotali to’lqinlarni keng polosali kuchaytiradigan elektr vakuumli asbob. Magnetron va M-turdagi asbob birikmasidan iborat. M-turdagi asbob yuguruvchi to’lqin lampasi bo’lib, unda elektronlar kesishuvchi elektr va magnit maydonlarida harakatlanadi.