AMUR NEOLIT MADANIYATI
AMUR NEOLIT MADANIYATI -Amur daryosi havzasidagi neolit (miloddan avvalgi 5 – ming yillikning oxirlari va 1-ming yillikning boshlarigacha) madaniyati yodgorliklari. Kulolchilikda spiralsimon naqshlar, tagi qizil qora bezaklar paydo bo’lgan. Toshdan ishlangan ov qurollari (bolta, nayza uchi va shu kabilar) topilgan. Keyingi davrda bo’yni uzun idishlar, silliq pichoqlar, oq nefrit uzuklar, yirik tosh boltalar paydo bo’lgan. Evoron ko’li yaqinidagi Sarg’ol qishlog’idan topilgan so’nggi neolit davriga oid buyumlar keyingi davrlarda quyi Amurga shimolda yashagan qabilalar ko’chib kelganini tasdiqlaydi. Ad.: Istoriya Sibiri s drevneyshix vremyon do nashix dney, t. 1, L., 1968.