ANABAPTISTLAR

ANABAPTISTLAR (Yunoncha anabaptizo — qayta cho’qintiraman) — 16-asrda Germaniya va Shveytsariyada paydo bulgan plebeylar (yuqsillar) harakati tarafdorlari. Anabaptistlar cherkov erkin bo’lishi, uning ishlariga davlat aralashmasligi va kishi esini tanigandan keyin cho’qintirilishi lozim degan talabni olga suradi. Anabaptistlar «Yaqinda qiyomat boshlanib, hammayoq ag’dar-tuntar bo’ladi», deb ishonar, sud, xukumatga itoat etishni, harbiy xizmatni rad qilardilar. Germaniyadagi dehqonlar urushi (1524-26) va Tomas Myuntser ta’sirida Anabaptistlar bir qismi faol inqilobiy harakatga o’tdi. Anabaptistlar ta’limoti Germaniya, Niderlandiya va Shveytsariyada tez yoyildi. Dehqonlar urushi mag’lubiyatga uchragach, Anabaptistlar ta’qib ostiga olindi. Ta’qib qilishlar 18-asrga qadar davom etdi. Anabaptistlarning qarashlari ayrim protestant mazhablari aqidalariga singib ketdi.