ANADIR YASSITOG’LIGI

ANADIR YASSITOG’LIGI – Rossiya Federatsiyasining shimoliy-sharqidagi yassitog’lik. Magadan viloyati Chukotka Muxtor okrugida. Anadir daryosining yuqori oqimi va uning irmog’i Yurumkuveyem havzasida. Uzunligi 400 kilometrga yaqin, eni 130 kilometr (qutb doirasida). Mutlaq balandligi 800-1100 metr, Janubiy- sharqida Shchuchiy va Osinovskiy (1221 metrgacha) tizmalari eng baland tizmalardir. Yuzasi tekis. Gilli slanes, qumtosh, ohaktosh, bazalt, andezit va dasitlardan tarkib topgan. Ko’p qismi tog’tundrasi va buta tundrasi bilan qoplangan.