ANEMOMETR

ANEMOMETR (Yunoncha anemos — shamol, metreo — o’lchov) — shamol va gaz tezligini (ba’zan, yo’nalishini ham) o’lchovchi asbob. Shamol va gaz tezligi ularning ta’sirida aylanuvchi kosalarning aylanish soniga qarab aniqlanadi. Shamol va gaz tezligini manometrik usulda yoki elektr usulda ham aniqlash mumkin.