ANILIN

ANILIN (aminobenzol, amidobenzol, fenilamin), C6HSNH2 — aromatic aminlarning eng oddiysi. Molekulyar moddasi 93,2. Rangsiz, suvda oz (100 gramm suvda 20° da 3,4 gramm) eriydi, o’ziga xos yomon hidli suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi — 6,15°, qaynash temperaturasi 184,4°, 20° da zichligi 1027 kg/m3. Etil spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi Anilin bug’i juda zaharli. Anilinni birinchi marta 1826 yilda O. Unferdorben indigoni ohak bilan birga havosiz qizdirish yo’li bilan olgan va «kristallin» deb atagan. 1841 yilda Yu. F. Frisshe indigoga o’yuvchi ishqor ta’sir ettirib olgan moddani Anilin deb nomlagan. 1842 yilda esa N. N. Zinin nitrobenzolni (NH4)2 SO3 ta’sirida qaytarish reaktsiyasi orqali Anilinni sintez qildi va uni «benzidom» deb nomladi. Bu usul sanoatda keng miqyosda tatbiq etildi. 1843 yilda yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar yordamida olingan barcha moddalarning bir xil birikma ekanligini isbotladi va shu bilan anilin bo’yoqlar sanoatiga asos solindi. Anilin kuchsiz asos xossali bo’lib, unga tegishli reaktsiyalar orasida diazotlash reaktsiyasi, ya’ni nitrit kislota bilan bo’ladigan reaktsiya katta ahamiyatga ega, chunki bunda olinadigan diazobirikmalar ko’pchilik organik bo’yoqlarni sintez qilishda ishlatiladi. Anilin oksidlansa qora Anilin va emeraldin degan bo’yoqlar hosil bo’ladi. Anilin farmasevtika moddalari, plastmassalar olishda ham ishlatiladi.