Ansorlar

Ansorlar (arabcha-yordamchilar, safdoshlar)-Muhammad payg’ambar sahobalari bir tabaqasining nomi. 622 yili Makkadan Madinaga ko’chib borgan musulmonlar (muhojirlar)ga va Muhammadga yordam bergan hamda islom dinini qabul qilgan madinalik avs va hazraj qabilalarining a’zolari. Ansorlar muhojirlar bilan birga ilk musulmonlar jamoasini tashkil qilgan. Ansorlar Badr jangida e’tiboran Muhammadning makkalik mushriklarga qarshi yurishlarida faol ishtirok etdilar. Keyingi siyosiy voqealarda ham Ansorlarning o’rni katta bo’ldi. Muhammad vafotidan so’ng ular o’z ichlaridan xalifa saylashga urinib ko’rdilar. Lekin avs va hazraj qabilalari o’rtasidagi raqobat bunga yo’l qo’ymadi.