ANTOSIANINLAR

ANTOSIANINLAR – kislorodli rangdor geterosiklik birikmalar (antosianidinlar)ning glikozidlari. Antosianinlar o’simliklar tanasi, guli va mevasiga har xil rang berib turadi. O’simlik rangi faqat Antosianinlarga emas, balki o’simlik hujayralaridagi suyuklik miqdoriga hamda Antosianinlarning qanday metall bilan birikkanligiga ham bog’liq. Masalan, Antosianinlarning temir bilan hosil qilgan birikmasi qizil, molibden bilan ko’k va pushti, nikel yoki mis bilan esa oq bo’ladi. Antosianinlar kislotalar bilan qo’shib qaynatilganda (yoki fermentlar ta’sirida) shakarga va antosianidinlarga ajraladi. Antosianinlarning shakar qismi, ko’pincha, glyukoza, ramnoza, galaktoza bo’lishi mumkin.