Antropometriya

Antropometriya (antropo… va yunoncha metreo-o’lchayman)-antropologiyaning tekshirish usullaridan biri. U odam organizmi a’zolarining hamma belgilari (uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va hokazolar) o’zgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Olingan ma’lumotlar organizmning ayrim bo’laklari (bosh, bo’yin, ko’krak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qo’l va oyoqlar)ga taqqoslanib, o’sishi yoki o’zgarishi kuzatib boriladi.