Apollon

Apollon-yunon mifologiyasida va dinida Olimp xudolaridan biri, Zevs va Letoning o’g’li, shifo baxsh etuvchi, sohibkaromat va san’at homiysi. Apollonga sig’inish Kichik Osiyoda boshlanib, miloddan avvalgi 2-mingyillikda Yunonistonga, u yerdan Rimga tarqalgan. Dastlab cho’ponlar homiysi, olmazorlar xudosi deb tanilgan. Uni she’riyat va musiqa homiysi sifatida ham e’zozlashgan. Apollon qo’lida o’q-yoy yoki musiqa asbobi ushlagan yosh yigit qiyofasida tasvirlangan.