ARAPOV BORIS ALEKSANDROVICH
ARAPOV BORIS ALEKSANDROVICH (1905.12.9, Peterburg – 1992.28.1) – rus kompozitori, pedagog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). 1930 yildan Leningrad konservatoriyasida kompozisiyadan daryo bergan, professor (1948). Leningrad konservatoriyasi bilan 1941 — 44 yillarda Toshkentda evakuatsiyada bo’lgan. Sharq mavzulari va kuylariga izchil murojaat etgan. «Nasriddin Buxoroda» musiqali komediyasi (F. G’ulom va V. Vitkovich bilan hamkorlikda, 1943; Yangiyo’l teatri), «Jaloliddin Xorazmiy» oratoriyasi (A. Kozlovskiy bilan, 1944) va boshqa asarlari bilan o’zbek musiqasiga hissa qo’shgan. Opera va baletlar, 6 simfoniya, orkestr uchun kontsert, «Rus syuitasi», skripka va orkestr uchun 2 ta kontsert, qator vokalsimfonik, kamervokal va cholg’u asarlar, kinofilmlarga musiqalar yozgan.