Arbalet
Arbalet (fransuzcha arbalete, lotincha arcus-yoy va ballista-irg’itiladigan snaryad)-o’rta asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ishlatilgan otish quroli; yog’och asosga (dastgohga) mahkamlangan po’lat kamondan iborat. Arbaletdan kalta o’q-yoylar bilan otilgan. Oddiy kamondan mo’ljal aniqligi, zarba kuchi yuqoriligi bilan ajralib tursa-da, o’qlash tezligi undan past edi. Miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunoniston (Sirakuza)da ilk namunalari yaratilgan, u gastrofet deb nomlangan.