ARCHMAN

ARCHMAN — Turkmanistonning Kopetdog’ etaklaridagi shifobaxsh suvli kurort. Archman temir yo’l stantsiyasidan 9 kilometr narida joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, yozi juda issiq (iyulning o’rtacha temperaturasi 30°). Kam vodorod sulfidli mineral buloq suvlari vannaga tushish va ichish uchun ishlatiladi. Qon aylanish, ovqat hazm qilish, harakat va tayanch organlari kasalliklarida, teri, ginekologik kasalliklarda tavsiya etiladi. Sanatoriy, vanna qabul qilish binosi bor. Yil bo’yi ishlaydi.