ARGILLITLAR

ARGILLITLAR (Yunoncha argillos — gil va lithos — tosh) — gil jinslarning suvda bo’kmaydigan, toshqotgan, qattiq guruhi. Argillitlar gil va gilsimon cho’kindilarning zichlanishi, suvsizlanishi (degidratasiya) va tsementlanishi natijasida hosil bo’ladi. Argillitlar burmalangan o’lkalarda hamda platforma oblastining qadimgi yotqiziqlarida uchraydi.