ARKA USTUNI
ARKA USTUNI — tog’jinslarini ko’tarib turadigan tayanch; asosan, arka (ravoq) sxemasida yoki bir-biriga birlashtirilgan arkalar yig’indisi ko’rinishida yasaladi. Konlarda yer osti yo’laklarini mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Arka ustuni temir-beton va maxsus profilli metall tirgaklardan ishlanadi.