Arna

Arna (qadimgi eroncha ar(ir)-suv, sanskritcha, arnas-suv oqimi)-O’rta Osiyoda keng tarqalgan tarixiy atama: Munis va Ogahiy asarlarida, vaqf va meros hujjatlarida, Xiva xonlari arxivi hujjatlarida “Arna” so’zi kanap nomiga qo’shilib kelgan. Arna atamasi zamirida “suv yo’li” degan ma’no yotadi. Xorazmda bosh kanal Arna deb ataladi: Qilichboyarna, Otaliqarna, Shovotarna, Urgancharna va hokazolar.