Arpa doni

Arpa doni (forscha donai jav, arabcha sha’ira)-og’irlik o’lchovi. Ming dona arpaning og’irligi 40,9510-40,9514 gramm bo’lgani uchun, 1 dona arpaning og’irligi o’rtacha 0,0409512 gramm deb olingan. Shunda 1 misqol=100 Arpa doni=4,0912 gramm bo’lgan. Hozirda 1 Arpa doni 0,048 dan 0,052 grammga teng deb qabul qilinmoqda. Uzunlik o’lchovi sifatida 1 Arpa doni-1/6 barmoq=6 ishchi otning yoliga teng. Agar 1 barmoq 2,18-2,28 santimetrga teng bo’lsa, u holda, 1 Arpa doni=0,36-0,38 santimetr.