Ars nova

Ars nova (lotincha ars nova-yangi san’at)-XIV asr italyan va fransuz musiqasidagi ijodiy ilg’or yo’nalish. Faqat cherkov musiqasi janrlaridan foydalanishdan voz kechib, dunyoiy vokal-cholg’u musiqa janrlarini professionallik darajasiga ko’targan, folklor bilan yaqinlashib, turli musiqa asboblarini keng qo’llagan. Dastlab 1309 yili italyan tadqiqotchisi paduyalik Marketto, XIV asrning 20-yillarida fransuz gumanisti Filipp de Vitri tomonidan nazariy asoslandi. Motet, ballad ava madrigalning ilk shakllari hamda kachcha (yoki kachchia). Ars nova uchun xarakterli janrlardir. Jahon musiqa san’atining keyingi rivojiga ta’siri katta.