Arsenal
Arsenal (fransuzcha arsenale, arabcha dor as-sinoa-ustaxona so’zidan)-quruqlikdagi qo’shinlar va harbiy dengiz qo’shinlari qurol-yarog’larini yasaydigan, tuzatadigan, saqlaydigan joy. Arablardan fransuzlarga, so’ng ruslarga va boshqa tillarga o’tgan. XX asrda qurol-yarog’ ishlab chiqarish sanoatning mustaqil tarmog’iga aylanganidan so’ng, qurol-yarog’ tayyorlash va ularni saqlash uchun alohida joylar ajratish zarurati tug’ilgach, Arsenal ilgarigi ahamiyatini yo’qotgan. O’rta asrlarda Movarounnahrda qurol-yarog’ saqlanadigan joy jevaxona (jibaxona) deb atalgan.