Arslonxon
Arslonxon-Qoraxoniylar davlati hukmdorlariga berilgan unvon. Manbalarda arslon chigil qabilasi totemi deb ko’rsatilgan. Lekin boshqa turk qabilalari ham ushbu hayvonni muqaddas tutishgan. “Arslon” totemi ham unvon o’rnida qoraxoniy hukmdorlar nomiga qo’shib aytilgan. Masalan, Sotuq Bug’roxon o’g’illaridan biri – Boytosh (Muso) ham shu unvon bilan ulug’langan. Aynan Musoning avlodi bo’lmish aliylar, Qoraxoniylar davlati ikki qismga bo’lganda, g’arbiy qismiga hukmronlik qilishgan.