ARUNACHAL-PRADESH

ARUNACHAL-PRADESH – Hindistonning shimoli-sharqidagi shtat (1986 yilgacha ittifoqdosh hudud), Himolay tog’larining Janubiy-sharqida. Maydoni 83,6 ming kilometr kvadrat. Aholisi 858 ming kishi (1991). Ma’muriy markazi — Itanagar. Hududidan Brahmaputra daryosi oqib utadi. Nam tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Relyefi tog’li. Daryo vodiylari o’zlashtirilgan.