Arxeografiya

Arxeografiya (arxeo… va yunoncha grapho-yozaman)-yordamchi tarix fani; qo’lyozma manbalarni qayta ishlash usullari va ularni nashrga tayyorlash bilan shug’ullanadi. Tarixiy manbalarni nashr qilish birinchi marta G’arbiy Yevropada paydo bo’lgan (XV asr). O’rta asr tarixiy manbalarining birinchi tanqidiy nashri XVI asrda yuzga keldi.