Arxeologik madaniyat
Arxeologik madaniyat-o’ziga xos etnografik xususiyatlari bilan ajralib turadigan muayyan davrga va hududga doir arxeologik yodgorliklar birligi. Ayrim yoki bir qancha belgilarga, xususan, sopol buyumlarning shakli, naqshi, marhumlarni dafn etish tartibi, mehnat qurollari, uy-ro’zg’or anjomlari va boshqalarga ko’ra belgilanadi. Yodgorliklar qayerdan topilsa, shu joying nomi bilan yuritiladi (masalan, Joytun madaniyati). Arxeologik madaniyatni o’rganish yozma tarixiy manbalar paydo bo’lmasdan oldin yashagan qabila va xalqlarning tarixini yozish uchun imkoniyat yaratadi.