Arxeologiya ekspeditsiyalari

Arxeologiya ekspeditsiyalari-moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yo’li bilan o’rganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsiyalar. Ularni ilmiy tekshirish institutlari, oliy o’quv yurtlari, muzeylar va o’lkashunoslik to’garaklari tahkil etadi. Ko’pincha kompleks ravishda tuzilib, tarkibiga arxeologlardan tashqari etnograf, antropolog, geograf, tuproqshunos, biology, botanik va boshqa olimlar kiritiladi. Uzoq yillar ishlashga mo’ljallanib, mustaqil ishlaydigan otryad va guruhlardan iborat qilib tuziladi. Har bir ekspeditsiyaning o’ziga xos nizomi, ilmiy kengashi, maxsus bazasi bo’ladi.