ASEB
ASEB (Assab) — Eritreyaning Janubi-sharqidagi shahar. Qizil dengiz bo’yidagi port. Addis-Abeba bilan katta yo’l orqali bog’langan. Aholisi 30 ming kishidan ortiq. 1890-1941 yillar Italiya, 1941-45 yillar Buyuk Britaniya qo’l ostida, 1993 yildan mustaqil Eritreya tarkibida. Neftni qayta ishlash va tsement zavodlari; oziq-ovqat va to’qimachilik korxonalari bor. Osh tuzi qazib olinadi. Aeroport bor. Port orqali chetga qishloq xo’jalik mahsulotlari chiqariladi.