ASHUROV MUHSINJON XURRAMOVICH
ASHUROV MUHSINJON XURRAMOVICH (I949, Samarqand) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), professor (1995), fizika-matematika, fanlari Doktori (1989). SamDUni bitirgan (1971). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida tadqiqotchi xodim, ig ig laboratoriya mudiri, direktor o’rinbosari (1971-91), «Fonon» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1991 yildan). Ilmiy ishlari qattiq jismli lazerlar fizikasiga oid. O’zbekistonda birinchi bo’lib optik va lazer kristallarni o’stirish va shu kristallarni xalq xo’jaligiga bevosita tatbiq etish bilan shug’ullangan. Shu bois «Fonon» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi vujudga keldi. Birlashmada O’zbekiston Respublikasi orden, medallari va nodir tangalari tayyorlanadi. Ashuro lazer kristallar radiatsion optik xossalarini boshqarish texnologiyasi va radiatsiyaga bardoshli lazer kristallarini sintez qilishga doir tavsiyalarni ishlab chiqqan. Mazkur tadqiqotlar asosida intensiv (dozasi 10* R va undan yuqori) nurlanish sharoitida qattiq jismli lazerlarning generatsiya va modulyatsiya xossalarini yo’qotmaydigan yuqori samarali faol va sust elementlar yaratildi. Ashurov 1 – va 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).