ASTEROIDLAR

ASTEROIDLAR (Yunoncha aster — yulduz va eidos — ko’rinish) — kichik sayyoralar; Quyosh atrofida elliptik orbitalar bo’ylab harakatlanuvchi va ko’pchiligi Mars va Yupiter orbitalari oralig’ida joylashgan kichik jismlar. Tisius — Bode qonunita ko’ra, Mars va Yupiter orbitalari oralig’ida Quyoshdan 2,8 a.b. uzoqlikda qandaydir sayyoralar bo’lishi kerakligi haqidagi faraz 18-asr oxirlarida aytilgan edi. Birinchi asteroid sayyorani yulduzlar jadvalini tuzish bilan shug’ullanayotgan italiyalik astronom J. Piassi tasodifan 1801 yil 1 yanvar kuni topdi. Unga Tserera deb nom berildi. K. Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usulini ishlab chiqdi. Hisoblashlarga ko’ra, Tserera Quyoshdan o’rta hisobda 2,8 a.b. (1 a.b. q 149,6 million kilometr) uzoqda turib, uning atrofida aylanar ekan. Ammo 1802 yil 28 martda nemis astronomi G. Olbers topgan yangi sayyoraning ham Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 2,8 a.b.ga tengligi astronomlarni hayratda qoldirdi. Ikkinchi kichik sayyoraga pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita Asteroidlar — Yunona va Vesta 1804-07 yillarda topildi. 1847 yildan boshlab har yili bir nechtadan Asteroidlarlar topilib turdi. 1891 yilda M. Volf Asteroidlarni ochish uchun fotografik usulni qo’llagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300-400 talab, masalan, 1931 yilda 400 tacha noma’lum kichik Sayyora ro’yxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmoqda. Yangi ochilgan Asteroidlarga dastlab vaqtinchalik belgi (topilgan yili, oyi va tartibini bildiruvchi ikki harf), keyinchalik, yetarli darajada o’rganilgandan so’ng yangi raqami va nom beriladi. Asteroidlarni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Soat mexanizmi bilan jihozlangan teleskop yordamida osmonning biror qismi fotosurati olinsa, unda yulduzlar yumaloq shaklda, ularga nisbatan harakatda bo’lgan Asteroidlar yoki kometa esa biror chiziq shaklida chiqadi. Asteroidlarlarning ko’pchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz ko’rib bo’lmaydi. Shu vaqtga qadar barcha Asteroidlarning 4-5 foizdan kamrog’i topilgan. Ularning ko’pchiligi yerga eng yaqin kelganda 12— 14 yulduz kattaligida bo’ladi. Asteroidlarning ko’rinma harakati, asosan, katta sayyoralar harakatiga uxshash; g’arbdan sharqqa yurib, osmon sferasida sirtmoqsimon chiziq chizadi. 1997 yilgacha 6200 dan ortiq, Asteroidlar orbitasining elementlari hisoblangan. Orbita elementlarining o’zaro bog’lanishi va Asteroidlar soni bo’yicha taqsimlanishini tekshirib, Asteroidlar halqasi topildi. Hozirgacha topilgan Asteroidlarning 97% Quyoshdan o’rta hisobda 2,2—3,6 a.b. uzoqlikda joylashgan. Asteroidlarning Quyosh atrofida aylanish davri 3-7 yil. Orbitasining katta yarim o’qi bo’yicha Quyoshga eng yaqin Asteroidlar Ikardir (№ 1566, a-1,08 a.b., T-409 kun). Eng uzog’i 1992 yilda kashf qilingan 1992 AD Sayyora bo’lib, uning perigeliysi 8,6 a.b., afeliysi 33,5 a.b. Quyosh atrofini 90 yilda aylanib chiqadi. Tekshirishlar Asteroidlarning Mars va Yupiter orbitalari oraligida kontsentrik halqalar shaklida quyuqlashib joylashganini ko’rsatdi. Asteroidlar zichligi yer zichligi bilan bir xil deb olinsa, Asteroidlarning umumiy massasi yer massasiga teng bo’ladi. Eng katta asteroida — Tsereraning massasi yer massasiga barobar. Kichik sayyoralarning paydo bo’lish masalasi astronomiyaning to’la hal qilinmagan sohalaridan biridir. Ba’zi farazlarga ko’ra, Asteroidlar bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki sayyoralar to’qnashganda maydalanishidan hosil bo’lgan. Boshqa farazga ko’ra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik Asteroidlar hozir ham paydo bo’lib turadi. O’zbekiston Fanlar Akaemiyasi Astronomiya institutida Asteroidlarni kuzatish ishlari 1900 yildan boshlab olib borilmoqda. 2-jahon urushi davrida kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan G. N. Neuymin o’zi ochgan yuzdan ortiq kichik sayyoraning biriga «O’zbekistoniya» deb nom berdi. 1930 yil taklif qilingan «xira yulduzlar jadvali» muammosi munosabati bilan tuzilgan xalqaro dasturga muvofiq Astronomiya institutida maxsus tanlangan 20 ta eng ravshan Asteroidlar harakatlari 1980 yilga qadar tekshirilib, osmonda inersial koordinatalar sistemasini tuzish muammosiga salmoqli hissa qo’shildi. Bu 20-asrda astrometriya va osmon mexanikasi sohalarida olingan g’oyat muhim ilmiy natija hisoblanadi. Bundan tashqari o’zbek astronomlari keyingi 30-40 yil davomida Asteroidlarga oid barcha xalqaro dasturlarda faol qatnashib kelmoqdalar. Mars va Yupiter oralig’ida hozir Beruniy, Ulug’bek va boshqa nomlar bilan ataluvchi Asteroidlar parvoz qilib yuribdi.