ASTROKOMPARATOR

ASTROKOMPARATOR (ostro… va lotincha sotrago — taqqoslayman) — kosmik jismlarning ikki fotosuratini yoki spektrogrammasini o’zaro solishtiradigan o’lchash asbobi. Astrokomparator ikki xil bo’ladi: Blink komparator va Stereo komparator. Astrokomparator xususiy harakatlari katta yoki Quyosh tizimiga yaqin yulduzlarni topishda, asteroidlar va o’zgaruvchan yulduzlarni qidirishda keng qo’llaniladi.