ASTRONOMIK BELGILAR

ASTRONOMIK BELGILAR – Quyosh, oy, sayyoralar, zodiak yulduz turkumlari hamda sayyoralarning ro’para turish va birlashish nuqtalari, oy fazalari va b.ni ifodalash uchun ishlatiladigan shartli belgilar. Astronomiyaga oid adabiyotlarda, yilnomalar va taqvim (kalendar) larda qo’llaniladi. Ba’zi Astronomik belgilar hafta va oy kunlarini belgilashda ham ishlatiladi.