Asyento

Asyento (ispancha asiento-kelishuv, bitim)-bitim monarxiyasi tomonidan 1543-1834 yillarda Ispaniya mustamlakalariga Afrikadan qora tanli qullarni keltirish uchun alohida shaxslar yoki kompaniyalarga berilgan monopol huquq, Asyento uchun portugallar, gollandlar, keyinchalik fransuz va inglizlar raqobat kurashiga kirishgan. XVIII asr boshida ispan monarxlarining Lyudovik XIV bilan qarindoshligi Asyento hisobiga fransuzlarning boyib ketishini ta’minladi. Ispan merosi uchun urush (1713) natijalariga ko’ra bunday huquq Buyuk Britaniyaga taqdim etilgan.