ATSETON TANALAR

ATSETON TANALAR, keton tanalar — roksimoy kislota, atsetosirka kislota va atsetondan iborat moddalar guruhi. Ular o’zaro yaqin munosabatda bo’ladi. Yog’ kislotalarning normal almashinuvi natijasida R oksimoy kislota, uning oksidlanishidan atsetosirka kislota va bu kislotaning dekarboksillanishidan atseton hosil bo’ladi. Normal sharoitda Atseton tanalar SO2 gacha to’la oksidlanib, organizmda ortiqcha to’planmaydi. Lekin ba’zi patologik holatlarda (qand kasalligida, och kolganda, isitma ko’tarilganda) jigarda glikogen kamayib, yog’larning oksidlanishi kuchayishi sababli qonda Atseton tanalar miqdori ortib ketadi va organizmni zaharlaydi. Atseton tanalar faqat siydik bilan emas, balki o’pka orqali ham ajraladi.