Fustsin nima degani
Fustsin nima degani – to’r parda epiteliy varag’i hujayralarining pigmenti.

Fustsin nima degani – to’r parda epiteliy varag’i hujayralarining pigmenti.
Futunkul (chirey), chipqon nima degani – soch follikuli va atrofidagi to’qimaning tashqaridan kirgan petogen va virulent stafilokokklar tufayli o’tkir yiringli-nekrotik yallig’lanishi.
Xarakteropatiya nima degani – insonning ichki uyg’unligi buzilishi, o’ziga xos ayrim xislatlarining kuchayib borishi.
Xarakter, xulq-atvor nima degani – insonning o’ziga xos xislatlari to’plami; uning tashqi voqelikka nisbatan o’ziga xos xulq-atvori tariqasida ifodalanadi.
Xemoz nima degani – ko’z kosasida yallig’lanish, qon dimlanishi natijasida vujudga keladigan ko’z biriktiruvchi pardasi (konyunktivasi)ning qalin tortishi.
Xilus, sut shirasi nima degani – qorin bo’shlig’ining limfa tomirlari bo’ylab ichaklardan ko’krak yo’liga oqadigan sutsimon oq (tarkibida yog’lari borligidan) suyuqlik.
Ximioterapiya nima degani – kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi spetsifik ta’sir qiladigan kimyoviy moddalarni zararlangan organizmga yuborish yo’li bilan xavfli o’smalar va infeksion kasalliklarni davolash usuli.
Ximus (shira) nima degani – ovqatning oshqozonda va ichakda qisman hazm bo’lishi natijasida hosil bo’ladigan yarim suyuq, gomogen, qaymoq yoki suyuq bo’tqaga o’xshash mahsulot.
Xirurg, jarroh nima degani – kasalliklar va shikastlanishlarni diagnostika usullari va xirurgik yo’l bilan davolash bo’yicha ta’lim olgan mutaxassis shifokor.
Xloroz nima degani – organizmda temir tanqisligidan kelib chiqadigan kamqonlik kasalliklaridan biri; organizmda temirdan foydalanish jarayoni buzilishiga bog’liq.