Stetoskop nima degani
Stetoskop nima degani – odam va hayvonlar organizmida vujudga keladigan yurak tonlari, nafas shovqinlari va boshqa tovushlarni eshitish uchun ishlatiladigan asbob.

Stetoskop nima degani – odam va hayvonlar organizmida vujudga keladigan yurak tonlari, nafas shovqinlari va boshqa tovushlarni eshitish uchun ishlatiladigan asbob.
Stimulyator(i), teshlashtiruvchi(lar) nima degani – markaziy asab tizimining qo’zg’aluvchanligini tezlashtirish, funksiyasini tiklash xususiyatiga ega dori moddalarning katta guruhi.
Stolbnyak, qoqshol nima degani – Clostridium turiga tegishli tayoqchaga o’xshash mikroblar qo’zg’atadigan va mushaklarning tonik ham klonik tirishishi bilan o’tadigan o’tkir yuqumli kasallik.
Streptokokki nima degani – zanjir ko’rinishida joylashadigan, yiringli yallig’lanishni, saramas va shu kabilarni qo’zg’atadigan sharsimon bakteriyalar.
Strofulus (detskaya pochesuxa, detskaya krapivnitsa), bolalar qichimasi, eshakem nima degani – chaqaloqlarda va yosh bolalarda kuzatilib turadigan surunkali dermatoz.
Subakvalniye kishechniye vanni, ichak vannalari nima degani – davo muolajasi; to’g’ri ichak orqali chuchuk yoki mineral suv yuborish, yo’g’on ichakni yuvib tozalash.
Suboktsipitalniy protokol nima degani – diagnostika qilish va davolash maqsadida serebrospinal suyuqlikni olish yoki turli moddalar yuborish uchun katta ensa havzasiga igna kiritish.
Sudebnaya meditsina, sud tibbiyoti nima degani – huquq (sud) amaliyotida kelib chiqadigan tibbiy va biologik muammolarni o’rganadigan tibbiyot fani.
Sudebnaya psixiatriya, sud psixiatriyasi nima degani – ruhiy buzilishlarni jinoiy va fuqarolik huquqining ayrim masalalarga bog’liq holda o’rganadigan psixiatriyaning yo’nalishi.
Sudoroga(i), tirishish, changak nima degani – mushaklarning to’satdan paydo bo’lib, doimiy va xurujlar bilan o’tadigan beixtiyor qisqarishi ko’rinishidagi harakat buzilishlari guruhi.