Superinfeksiya nima degani
Superinfeksiya nima degani – biror infeksion kasallik tugamay turib, shu yoki boshqa turdagi mikrob yuqishi natijasida qaytadan kasallanish, kasallikning qaytalanishi.

Superinfeksiya nima degani – biror infeksion kasallik tugamay turib, shu yoki boshqa turdagi mikrob yuqishi natijasida qaytadan kasallanish, kasallikning qaytalanishi.
Suspenziya, suyuq dori shakllari nima degani – dispers tizimdan tashkil topgan suyuq dori shakllari; dispers tizimda qattiq modda zarrachalari (dispers faza) suyuq modda (suv, glitserin, suyuq yog’)da bir tekis tarqalgan … Read More
Sustavnaya kapsula, bo’g’im pardasi nima degani – bo’g’im biriktiruvchi to’qima pardasi, suyaklar tutashgan qismiga va bo’g’im yuzasi chetiga yopishishi natijasida germetik yopiq bo’g’im bo’shlig’i hosil bo’ladi.
Sustavnaya mish, bo’g’im oralig’idagi nima degani – “sichqon” bo’g’im bo’shlig’ida erkin joylashgan, uning to’qimasining parchasi yoki ohaklangan fibrin quyqasi.
Sustavnaya polost, bo’g’im bo’shlig’i nima degani – suyak bo’g’im yuzalari oralig’ida yoriqsimon bo’shliqlar, synovial parda bilan qoplangan va ichida synovial suyuqlik bor.
Sustavnoy disk, bo’g’im diski nima degani – bo’g’im yuzalari orasida joylashgan ayrim bo’g’imlarning tog’ayli hosilasi; bo’g’im kongruentligini oshiradi va amortizator vazifasini bajaradi.
Suxojiliye, pay nima degani – mushakning suyaklarga birikib, ularni harakatga keltiradigan biriktiruvchi to’qimali qismi (masalan, ko’z yuqori egri mushagining payi).
Suxotka, chopdek ozish nima degani – avj olib boradigan holsizlanish, madorsizlanish, asab tizimining surunkali zaxm kasalligi, asosan orqa miyani zaralantiradi.
Sfinkter, qisib turuvchi halqasimon mushak nima degani – biron-bir teshikni yopuvchi va kovak a’zo (masalan, to’g’ri ichak sfinkteri)ni qisib turuvchi halqasimon mushak.
Sivorotka, zardob nima degani – 1) suyuqlikning (masalan, qon limfa, sut va hokazolar) suvli tarkibiy qismi; 2) seroz pardalar yuzasini namlab turadigan tiniq suvli suyuqlik.