AKS SADO
AKS SADO — tovushning biror to’siqqa urilib undan qaytishi. Aks sado tovush chiqqan paytdan kamida 0,05— 0,06 sekund keyin kelsagina eshitiladi. Aks sado tabiatda tog’li, o’rmonzor yoki stadion singari joylarda … Read More

AKROTERIY (Yunoncha akroterion) – haykaltaroshlik bezagi (haykal, palmetta va boshqalar), klassik orderlarni qo’llab qurilgan me’moriy inshoot fronton burchaklari ustiga joylashtiriladi.
AKROSTIX (Yunoncha akrostichis, akros -chekka va stichos — satr) — she’r turi. Har bir satr bosh harfidan (tepadan pastga qarab o’qilganda) biror ism (so’z yoki ibora) kelib chiqadi.
AKROSOMA (Yunoncha akron — cho’qqi va soma — tana) — spermatozoid boshchasi ustidagi g’ilofcha. Zich tanacha shaklida yotadi. Akrosoma urug’lanish uchun zarur tuzilma. Akrosomada tuxumhujayra qobig’ini yemiradigan gialuronidaza fermenti bo’ladi.
AKROPETAL RIVOJLANISH (Yunoncha akron — cho’qqi, balandlik, lotincha petere — intiladi) — o’simliklardagi organlar yoki yon shoxlar eng yosh qismlarining pastdan yuqoriga qarab ma’lum tartibda birin-ketin o’sishi yoki rivojlanishi.
AKROMOV Toshxo’ja (1936.23.5, Toshkent) —kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1957). Hamza teatrida aktyor (1955— 62), «O’zbekfilm»da rejissyor yordamchisi, rejissyor (1962-68), «O’zbektelefilm»da rejissyor (1968-79), … Read More
AKROMEGALIYA (Yunoncha akros — oyoq-qo’l va megos — katta) — miya ortig’i (gipofiz) o’sish gormonini ortiqcha ishlab chiqarish natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning laboratoriya, burun, pastki va yuqori … Read More