Anus nima degani
Anus nima degani – orqa chiqaruv teshigi, to’g’ri ichakning chiqish teshigi.
Anus nima degani – orqa chiqaruv teshigi, to’g’ri ichakning chiqish teshigi.
Applanatsiya rogovitsi, ko’z muguz pardasining applanatsiyasi, yassilanishi nima degani – chandiqlanish bilan tugallangan patologik jarayonning asorati.
Apopleksiya nima degani – bosh miyaga to’satdan ko’p miqdorda qon quyilishi. Odamning o’zidan ketib, falaj bo’lib qolishi bilan ifodalanadi. Ginekologiyada: Ayollarda tuxumdon apoleksiyasi – tuxumdonga qon quyilishi, qattiq og’riq bo’lishi.
Aponevroz nima degani – serbar biriktiruvchi to’qima plastinkasi, aksari bir-biriga parallel bo’lib joylashgan zich kollagen va elastik tolalardan iborat.
Apatiya, loqaydlik nima degani – beparvo, loqayd bo’lib qolishi, hech narsaga qiziqmaslik holati, “hislarning falaj bo’lib qolishi”, apatik sindrom – his-tuyg’ularning qisman yoki butunlay yo’qolib ketishi bilan kechuvchi psixika buzilishi.
Aorta nima degani – katta qon aylanish doirasining eng yirik qon tomiri, yurakning chap qorinchasidan chiqadi va o’zining tarmoqlari bilan tananing barcha qismlarini arterial qon bilan ta’minlaydi.
Anuriya nima degani – siydiq chiqmasligi, buyraklarning siydiq ajratmay qo’yishi.
Antrakoz nima degani – toshko’mir changi bilan muntazam nafas olish natijasida rivojlanadigan kasbiy pnevmokonioz.
Antitela nima degani – qon va to’qimalarga antigenlar tushganida qon va to’qimalarda paydo bo’ladigan oqsilli ummun moddalar.
Antiperistaltika nima degani – ko’vak a’zolar (me’da, ichak) ning odatdagidan teskari tomonga to’lqinsimon qisqarishi. Masalan, qushish jarayoni.