Muzlanish

Muzlanish — 1) yer yuzasida uzoq davr mavjud bo’lgan tabiiy muzlar, asosan muzliklarning yig’indisi. Masalan, Kavkaz, Pomirdagi tog’ muzliklari, yoki Antarktida, Grenlandiyadagi materik tipidagi muzliklar; 2) iqlimning sovishi natijasida muzliklar … Read More

Muzliklararo davr

Muzliklararo davr (Integlyasial) — to’rtlamchi sistema (davr) dagi sovuq muzlik epoxalari orasida iqlimning nisbatan iliqlanish davri. Muzliklararo davrda mo’tadil kengliklarda muz qoplami butunlay erib ketgan.

Muzora’a

Muzora’a (Arabcha — chorakorlik) — Islom mamlakatlarida sug’oriladigan yerdan olinadigan hosilning bir qismi evaziga ijaraga berish. Muzora’a taxminan 14-asrdan boshlanib, shartnomasi yozma shaklda tuzilib, natura bilan to’lanadigan ijara haqi aniq … Read More

Muztog’ota

Muztog’ota — Qashqar tog’ tizmasidagi gumbazsimon cho’qqi (7555 metr), Xitoyning g’arbiy qismida. Gneys va kristalli slaneslardan tarkib topgan. Qalin muz qatlami bilan qoplangan (nomi shundan). Firn qoplami muzliklarni (uzunligi 16 … Read More

Mulatlar

Mulatlar (ispancha mulato; Arab, muvallad — boshqa millat qoni aralashgan) — qora tanlilarning yevropeoid irqi vakillari bilan bo’lgan nikohidan paydo bo’lgan avlod. Mulatlar Lotin Amerikasidagi davlatlar, shuningdek, Afrikaning ba’zi mamlakatlari … Read More

Mulla

Mulla (Arabcha) — O’rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida madrasa ta’limini olgan shaxs. Kuchma ma’noda — bilimdon, dono, savodli, ilmli odam.

Muloyimat

Muloyimat (Arabcha — munosiblik, hamohanglik) — musulmon Sharq musiqasi nazariyasida yoqimli, hamohang tovushlar va bo’d (interval)lar. Aksi — munofirat.

Multi…

Multi… (lotincha multum — ko’p, ancha) — o’zlashma qo’shma so’zlarning tarkibiy qismi bo’lib, biror narsaning ko’pligini, ko’p kaytarilishi (karraliligi)ni bildiradi (masalan, multivibrator).

Mumdaraxt

Mumdaraxt (Hoya carnosa) — pechakdoshlar oilasiga mansub chirmashib o’sadigan doim yashil buta. Bargi etli, yaltiroq, guli xushbo’y, pushti, mumdan yasalganga o’xshaydi, to’pguli soyabonsimon. Janubiy-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Avstraliyaning nam subtropik … Read More